add

O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni oshdi

22.07.2025 | 19:001762

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygani, nikohlar esa kamaygani ma’lum bo‘ldi. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shaharlarda ajralishlar soni qishloqlarga qaraganda ancha yuqori.

O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar–iyun oylaridagi demografik holat bo‘yicha ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha 23,3 mingta ajralish holati qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 800 taga ko‘p. Ajralishlarning asosiy qismi — 14,1 ming holat yoki 60,6 foizi shahar joylarda sodir bo‘lgan. Qishloq hududlarda esa 9,2 mingta (39,4 foiz) ajralish qayd etilgan. Hududlar kesimida Toshkent shahri (1,5 ming), Toshkent viloyati (1,2 ming) va Farg‘ona viloyati (1,2 ming) ajralishlar soni bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallamoqda. Eng kam ajralish esa Navoiy viloyatida ro‘y bergan — 310 ta. Shu bilan birga, joriy yilning birinchi yarmida respublika bo‘yicha 95,3 mingta nikoh qayd etilgan. 2024 yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 97,4 mingni tashkil etgan edi, ya’ni 2,1 mingtaga kamaygan. Nikohlarning 51,1 foizi — 48,7 mingtasi shahar joylarda, 48,9 foizi — 46,6 mingtasi esa qishloq hududlarda tuzilgan.

Teglar

Mavzuga oid