add

O‘zbekistonda oktyabr oyi oxirigacha «Sog‘lom bolalar» oilaviy chellenji o‘tkazilmoqda

04.10.2025 | 09:0234914

22 sentyabrdan 31 oktyabrgacha O‘zbekistonda ota-onalar va o‘quvchilar ishtirokida sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va ekologiyani rag‘batlantiruvchi «Sog‘lom start. Sog‘lom bolalar» onlayn-chellenji o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda oktyabr oyi oxirigacha «Sog‘lom bolalar» oilaviy chellenji o‘tkazilmoqda
O‘zbekistonda bolalar va ularning ota-onalari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida «Sog‘lom start. Sog‘lom bolalar» onlayn-chellenji o‘tkazilmoqda. 22 sentyabrda boshlangan chellenj 31 oktyabrgacha davom etadi. Loyiha «Salomatlik yo‘nalishlari» ta’lim dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu dastur har yili 12 mingdan ortiq bolani qamrab olib, ularning sog‘lom ovqatlanish va to‘g‘ri turmush odatlarini shakllantirishga yordam bermoqda. Chellenj to‘rt yo‘nalishda tashkil etilgan: «Mevali nonushta», «Superqahramon nonushtasi», «Birga harakat qilamiz!» va «Yashil qahramonlar». Har bir bosqich o‘n kundan davom etadi. Ishtirokchilar bir yoki bir nechta mavzularni tanlab, bajarilgan topshiriqlarning fotosuratlarini maxsus saytga yuklab borishlari kerak. Chellenjga istalgan bosqichda qo‘shilish mumkin. Barcha bosqichlarni yakunlagan oilalar superpriz uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, «Tomoshabinlar mehri» nominatsiyasi (eng ko‘p ovoz to‘plaganlar uchun) va «Super-sinf» nominatsiyasi (eng faol maktab guruhi uchun) ham nazarda tutilgan. Chellenjning muhim qismi ekologiyaga bag‘ishlangan. «Yashil qahramonlar» yo‘nalishi bolalar va ota-onalarda chiqindilarni saralash, suv va elektr energiyasini tejash hamda qayta ishlanadigan mahsulotlardan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan. Ota-onalar bajarilgan topshiriqlar aks etgan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda #ChellendjNestlé heshtegi bilan ullash orqali qo‘shimcha sovrinlar uchun imkoniyatga ega bo‘ladilar. Chellenj O‘zbekiston bilan birga Qozog‘istonda ham start oldi va ikki mamlakat oilalari hamda maktablarini sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda birlashtirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda oktyabr oyi oxirigacha «Sog‘lom bolalar» oilaviy chellenji o‘tkazilmoqda | Vaqt.uz