add

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,2 mln so‘mga teng bo‘ldi — Markaziy bank

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda tranzaksiyalar, xizmatlar tushumi va mehnat bozorida o‘sish saqlanmoqda.

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,2 mln so‘mga teng bo‘ldi — Markaziy bank

Avgust oyida budjet tashkilotlari oylik maoshlarining 10 foizga ko‘tarilishi, shuningdek xorijdan yuborilayotgan pul o‘tkazmalarining barqarorligi aholi daromadlari o‘sishiga xizmat qildi. Bu haqda Markaziy bank sharhida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2025 yilning uchinchi choragida ish haqining nominal o‘sishi 19,2 foiz, real o‘sishi esa 9,1 foizni tashkil etdi. O‘rtacha oylik maosh qariyb 6,2 million so‘mga yetgani ichki talabni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Sentyabr oyida banklararo tranzaksiyalar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54 foizga oshgani iqtisodiy faollikning kuchli dinamikada ekanini tasdiqladi. Markaziy bank sharhida qayd etilishicha, savdo va pullik xizmatlardan tushumlar hajmidagi 24 foizlik barqaror o‘sish iste’mol talabining yuqori darajada saqlanayotganini anglatadi. Ichki bozorlarda aylanmalar faol rivojlanishi umumiy iqtisodiy sur’atlarni qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlanmoqda.

Ko‘chmas mulk bozori ham ijobiy faollikni namoyon etdi. 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida tuzilgan bitimlar soni 274 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga ko‘paydi. Ushbu davrda ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar milliy valyutada 1,7 foizga, dollarda esa 5 foizga oshgan. Dollardagi o‘sish milliy valuta mustahkamlangani bilan izohlanmoqda. Muttaxassislar fikricha, barqaror talab va moliyaviy faollik uy-joy bozorini qo‘llab turibdi.

Mehnat bozorlarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2025 yilning uchinchi choragida onlayn manbalarda e’lon qilingan ish o‘rinlari soni ikkinchi chorakka nisbatan 9,6 foizga oshdi. Yangi ish o‘rinlarining salmoqli qismi ishlab chiqarish, qurilish va xizmatlar sohalari hisobiga to‘ldirilgan. Bu biznes sub’ektlari faoliyatidagi kengayish tendensiyasini aks ettiradi.

Teglar

null null

Vaqt.uzMaqolalar soni: 370

Barchasi

Mavzuga oid