add

O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4,2 million nafarga yetdi

15.10.2025 | 13:0043223

Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga mamlakat bo‘ylab jami 4 million 241,8 ming nafar fuqaro pensiya oluvchi sifatida qayd etilgan.

O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4,2 million nafarga yetdi
Joriy yil 1 oktyabr holatiga mamlakat bo‘ylab jami 4 million 241,8 ming nafar fuqaro pensiya oladi. Ulardan 3 million 514,1 ming nafari yoshga doir pensiya, 482,1 ming nafar kishi nogironlik pensiyasi, 245,6 ming nafar oila esa boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya oladi. Hududlar kesimida eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona viloyatida qayd etilgan — 500,8 ming nafar. Keyingilar qatoridan Samarqand viloyati (451,6 ming nafar), Toshkent shahri (380,4 ming nafar) va Toshkent viloyati (383,1 ming nafar) joy olgan. Andijon viloyatida 399 ming, Namanganda 333,2 ming, Qoraqalpog‘istonda 226,7 ming, Xorazmda 235,4 ming, Buxoroda 268,6 ming, Surxondaryoda 285,2 ming, Qashqadaryoda 381,4 ming, Jizzaxda 145,2 ming va Navoiy viloyatida 142,1 ming nafar pensiya oluvchi bor. Eng kam pensiya oluvchilar Sirdaryo viloyatida kuzatilgan — 108,9 ming nafar. Umuman olganda, hududlardagi demografik holat va mehnat bozoridagi farqlar pensiya oluvchilar soniga ta’sir ko‘rsatmoqda. Pensiya to‘lovlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish ishlari davom etmoqda. Bu jarayon nafaqa oluvchilarga qulaylik yaratish hamda to‘lov tizimining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan. Eslatib o‘tamiz, oktyabrdan boshlab pensiyalarni naqd shaklda olish jarayoni fuqarolarning Face-ID orqali biometrik identifikatsiyasi bilan berilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid