
O‘zbekistonda qaysi moliyaviy ilovalardan ko‘proq foydalanilmoqda?
O‘zbekiston aholisi Play Market va App Store orqali qaysi moliyaviy ilovalarni ko‘proq yuklab olayotgani ma’lum bo‘ldi.

2025 yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, Play Market orqali eng ko‘p Soliq ilovasi yuklab olingan. Ilova yuklab olishlar bo‘yicha App Store’da 2-o‘rinni egalladi. Ilovadan 14,5 milliondan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Shuningdek, 1-dekabr holatida App Store orqali eng ko‘p Uzum Bank ilovasi yuklab olingan. Bu ilova yuklab olishlar bo‘yicha Play Market’da 2-o‘rinda turibdi.
Quyida Play Market orqali eng ko‘p yuklab olingan TOP-5 moliyaviy ilovalar ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin:
1-o‘rinda Soliq;
2-o‘rinda Uzum Bank;
3-o‘rinda CLICK Up;
4-o‘rinda Payme;
5-o‘rinda TBC UZ.
Shu jumladan, o‘zbekistonliklar App Store'dan quyidagi moliyaviy ilovalarni eng ko‘p yuklab olishgan:
1-o‘rinda Uzum Bank;
2-o‘rinda Soliq;
3-o‘rinda Payme;
4-o‘rinda CLICK Up;
5-o‘rinda Uzum Nasiya.





