add

O‘zbekistonda rasmiy ishlaydiganlar soni yarim yilda 19 foizga oshdi

14.08.2025 | 23:0047032

2025 yilning dastlabki yarmida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etdi. Mehnat bozorida rasmiy band aholi ulushi sezilarli oshgan, norasmiy band fuqarolar soni esa qisqargan.

O‘zbekistonda rasmiy ishlaydiganlar soni yarim yilda 19 foizga oshdi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hisobotida qayd etilishicha, 2025 yil yanvar–iyun oylarida mamlakatda ishsizlik darajasi 5,1 foizga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 0,4 foiz punktga kamaygan. Qayd etilishicha, xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnat resurslari 20,3 million kishini tashkil etadi. Ulardan 15,4 millioni iqtisodiy faol aholi bo‘lib, 14,6 million kishi band, 781,6 ming kishi esa ishsiz hisoblanadi. Band aholining 55 foizi yoki 8 million kishi rasmiy ishda, 33 foizi (4,8 million) norasmiy ishda, qolgan 12 foizi (1,8 million) xorijda mehnat qilmoqda. Hisobot davrida norasmiy bandlar soni 13,6 foizga kamaygan, rasmiy ishlaydiganlar soni esa 19 foizga ko‘paygan. Iqtisodiy nofaol aholi orasida 2 million nafar kishi ta’lim olayotganlar, 2,2 million nafar ayollar esa bola parvarishi bilan band. Shuningdek, 800 ming kishi turli sabablarga ko‘ra ishlash istagi yoki imkoniyatiga ega emas.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda rasmiy ishlaydiganlar soni yarim yilda 19 foizga oshdi | Vaqt.uz