
O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish dasturi asosida «Respublika suv kengashi» tashkil etiladi
18.08.2025 | 10:1510772
«O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarishva irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–250-son, 15.08.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, dastur doirasida har yili Davlat byudjetidan kamida 1,3 trln so‘m yo‘naltiriladi, xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan esa 300 mln dollar o‘zlashtiriladi. Ushbu mablag‘lar asosan irrigatsiya tarmoqlarining 2 551 km qismini rekonstruksiya qilishga sarflanadi.
Shuningdek, suv ta’minoti yetarli bo‘lmagan sug‘oriladigan yerlar hajmi 424 ming gektardan 276 ming gektargacha qisqartirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu orqali suvdan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirishga erishish rejalashtirilgan.
Qarorga asosan, respublika suv kengashi tashkil etilib, uning asosiy vazifasi suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish va sohadagi ishlar muvofiqligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Bundan tashqari, 2025 yil oxirigacha belgilangan 15 ta nasos stansiyasida quyosh panellari va energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatilishi belgilandi. Bu suv ta’minoti tizimining barqarorligi va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.





