add

O‘zbekistonda to‘lov tizimlari ustidan nazorat kuchaytiriladi

10.06.2025 | 16:006092

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan yangi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi. Yangi huquqiy mexanizm kiberhujumlar va moliyaviy firibgarlikka qarshi samarali kurashishni maqsad qiladi.

O‘zbekistonda to‘lov tizimlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
Qonun loyihasiga muvofiq, Markaziy bank, to‘lov tizimlari va aksionerlik jamiyatlari haqidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. Unga ko‘ra, barcha to‘lov tashkilotlari xavf-xatarlarni boshqarish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha minimal talablarga amal qilishi shart bo‘ladi. Qonunchilikka yangi tushunchalar — faoliyat yo‘nalishiga qarab to‘lov tashkilotlarini tasniflashtirish hamda «tizimli ahamiyatga ega to‘lov tashkilotlari» toifasi kiritildi. Bunday tashkilotlarga alohida tartibda nazorat o‘rnatiladi. Tashabbus orqali to‘lov tizimi ishtirokchilari uchun xavfni baholash, ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish va Markaziy bank tomonidan belgilanadigan texnik talablarga rioya qilish majburiyati yuklanmoqda. Bu choralar raqamli to‘lov sohasidagi xavflarni kamaytirishga qaratilgan. Qonun loyihasi endi Senat ko‘rib chiquviga yuboriladi. Senatda ma’qullangandan so‘ng Prezident tomonidan imzolanishi orqali kuchga kiradi.

Teglar

Mavzuga oid