add

O‘zbekistonda «UGaz» tizimi ishga tushirildi

23.09.2025 | 18:3033273

O‘zbekistonda avtomashinalarga gaz quyish shoxobchalari faoliyatini nazorat qilish maqsadida «UGaz» axborot tizimi ishga tushirilib, unda barcha jarayonlar real vaqt rejimida qayd etiladi.

O‘zbekistonda «UGaz» tizimi ishga tushirildi
«Yagona integrator UZINFOCOM» MCHJ tomonidan joriy etilgan mazkur tizim 2024 yil 6 iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 387-son qarori asosida amalga oshirildi. Uning maqsadi — tabiiy gaz resurslaridan samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini xavfsiz va shaffof amalga oshirish. Tizim orqali har bir shoxobchada gaz quyish jarayoni avtomatik hisobga olinadi. Bu esa qo‘lda hisob-kitob olib borish zaruratini kamaytiradi, noqonuniy holatlarning oldini oladi hamda iste’molchilar uchun xavfsizlik darajasini oshiradi. Avtomobil gaz quyish maydoniga kirishi bilan uning texnik ko‘rikdan o‘tganligi tekshiriladi. Agar ko‘rik muddati tugagan bo‘lsa, yoki yoqilg‘i turi mos kelmasa, tizim operatorni shu zahoti ogohlantiradi. Bu orqali haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligi ta’minlanadi. Shuningdek, shoxobchalarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi ham aniq hisobga olinib, uning noqonuniy sarflanish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Kolonkalar va xodimlar faoliyati doimiy onlayn nazoratda bo‘lib, tizim Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, «Toshshaxartransxizmat» AJ, «Energonazorat» va OneID kabi platformalar bilan integratsiya qilingan. Eslatib o‘tamiz avgust oyi davomida Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqqan edi.

Teglar

Mavzuga oid