add

O‘zbekistonda xususiy pensiya jamg‘armalari tashkil etish taklifi ilgari surildi

14.05.2025 | 13:2033173

Xalqaro maslahatchilar O‘zbekistonga pensiya islohotlarini chuqurlashtirish, ayniqsa xususiy jamg‘armalar joriy etish va soliq siyosatini takomillashtirishni tavsiya qildi.

O‘zbekistonda xususiy pensiya jamg‘armalari tashkil etish taklifi ilgari surildi
13 may kuni Strategik islohotlar agentligi rahbari Bahodir Rahmatov xalqaro maslahatchilar kengashi a’zolari — Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2025 yil uchun fiskal va moliyaviy sohadagi tavsiyalar muhokama qilindi. Maslahatchilar soliq tizimini kengaytirish, ma’muriy nazoratni kuchaytirish va uni ochiqlashtirishni asosiy yo‘nalish sifatida belgiladi. Ular shirinlik miqdoriga asoslangan aksiz formulasi joriy etilishini, ya’ni qandli ichimliklar uchun aksizni hajmga qarab emas, balki shakar miqdoriga ko‘ra hisoblashni tavsiya qildi. Eng muhim takliflardan biri — pensiya tizimidagi o‘zgarishlar. MKS olti yo‘nalishda o‘zgarishlar kiritish uchun beshta qonunni qabul qilishni taklif etdi. Jumladan:
  • ixtiyoriy badallar asosida ishlaydigan xususiy pensiya jamg‘armalarini tashkil etish;
  • pensiya tayinlash va xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;
  • rasmiy ish staji va badallar to‘lovi hisobini yuritishni joriy etish.
Maslahatchilar shuningdek, Avstriya, Polsha va Chexiyadagi hududiy rivojlanish modellari bilan O‘zbekiston rasmiylarini tanishtirishga tayyor ekanini bildirishdi. Ma’lumot uchun, 2024 yil oktyabrda pensiya islohotlari konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha hukumat guruhi tuzilgan. Unga iqtisod va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda xususiy pensiya jamg‘armalari tashkil etish taklifi ilgari surildi | Vaqt.uz