add

O‘zbekistonda yangi raqamli bank Tezbank ishga tushiriladi

20.08.2025 | 12:009403

Hamkorbank va Britaniyaning Fintech Farm kompaniyasi hamkorligida O‘zbekistonda yangi raqamli bank — Tezbank ishga tushiriladi.

O‘zbekistonda yangi raqamli bank Tezbank ishga tushiriladi
Yangi bankning asosiy yechimi sifatida kredit va shaxsiy hisobni birlashtirgan yagona ikkitasi birda karta taklif etiladi. Kredit tarixiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar ham dastlabki limit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa ularga zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish yo‘lini ochadi. Tezbank kartasiga rasmiy sayt orqali buyurtma berish mumkin. Karta kurer orqali yoki qulay tarqatish nuqtalarida olib ketish imkoniyati bilan taqdim etiladi. Mobil ilovada kundalik ehtiyoj uchun zarur xizmatlar jamlanadi: hisob-kitoblarni to‘lash, kartaga mablag‘ kiritish, xarajatlar tahlili va pul o‘tkazmalari. Shuningdek, kundalik xaridlar uchun 10 foizgacha keshbek tizimi joriy qilinishi mijozlarga qo‘shimcha afzalliklar beradi. Tezbank mijozlarga moliyaviy operatsiyalarni oson boshqarish imkoniyatini taqdim etadi. Qo‘llab-quvvatlash xizmati esa navbatlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri messenjerlar va telefon orqali amalga oshiriladi. Bank Hamkorbank’ning 1991 yildan beri to‘plagan ishonchli tajribasi hamda Fintech Farm’ning zamonaviy texnologiyalari uyg‘unligida ishga tushirilmoqda. Mazkur hamkorlik mahalliy bozorda raqamli moliya xizmatlari rivojiga yangi turtki berishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid