add

O‘zbekistonda yarim yilda 172 mingdan ortiq avtomobil sotildi

17.07.2025 | 08:0032583

O‘zbekistonda 2025 yilning birinchi yarim yilida jami 172 258 ta avtomobil realizatsiya qilindi. Eng ko‘p avtomobil sotgan kompaniya — UzAuto Motors bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonda yarim yilda 172 mingdan ortiq avtomobil sotildi
«O‘zavtosanoat» kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2025 yilning birinchi yarmida UzAuto Motors 94 ming 48 ta avtomobil sotdi, bu umumiy bozor ulushining 54,6 foizini tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda — Khorezm Auto (UzAuto Motors tarkibida), u 47 921 ta avto vosita sotgan va bozorning 27,8 foizini egallagan. ADM Jizzakh kompaniyasi esa 19 672 ta avtomobil sotig‘i bilan uchinchi o‘rinda turibdi — bu 11,4 foiz ulushga teng. Bozordagi boshqa ishtirokchilar orasida BYD Uzbekistan Factory 9 708 ta avto sotgan (5,6 foiz). Shuningdek, Asaka Motors — 623 ta, SamAuto — 238 ta, Alyans Auto — 48 ta avtomobil sotgan. Brendlar kesimida Chevrolet yetakchiligini saqlab turibdi: 141 969 ta avtomobil sotilgan. Keyingi o‘rinlarda KIA — 11 361 ta, BYD — 9 708 ta, Chery — 4 614 ta, Haval — 3 697 ta, Hyundai — 444 ta, Isuzu D-Max — 238 ta va Wuling — 105 ta avtomobil bilan qayd etilgan. Modellar bo‘yicha Chevrolet Cobalt eng ko‘p sotilgan avto bo‘lib, 67 580 ta mijozga yetkazib berilgan. Ikkinchi o‘rinda — Chevrolet Damas (31 641 ta), uchinchida esa — Chevrolet Tracker (16 641 ta). Shuningdek, eng talabgir o‘ntalikka Chevrolet Labo (16 276 ta), Onix (8 704), KIA Sonet (7 873), BYD Song Plus Champion DMI (2 539), BYD Chazor (2 082), Haval M6 (2 001) va BYD Yuan Up (1 937) kirgan.

Teglar

Mavzuga oid