add

O‘zbekistonda «yashil» davlat xaridlari joriy etiladi

2025 yil 18 iyunda qabul qilingan Hukumat qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat xaridlariga ekologik mezonlar asosida yondashish tizimi joriy etiladi. Ushbu tashabbus 2030 yilgacha «yashil» xaridlar ulushini bosqichma-bosqich 30 foizgacha yetkazishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekistonda «yashil» davlat xaridlari joriy etiladi
Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab tender va xarid jarayonlarida ekologik talablar majburiy mezon sifatida kiritiladi. Ishtirokchilarning ekologik markirovkalash hujjatlari uchun 5 foizgacha qo‘shimcha ball berildi. Biroq mazkur mezonlarga mos kelmaslik ishtirokchini avtomatik ravishda chetlatish uchun asos bo‘lmaydi. Davlat buyurtmachilari 2026 yildagi xarid xarajatlarining kamida 15 foizini «yashil» xaridlar hissasiga to‘g‘ri keltirishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, har yili ushbu ulushni kamida 5 foizga oshirish majburiyati yuklanadi. Bu qaror davlat xaridlarida ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ekologik standartlarga mos ishlab chiqarishga rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi. O‘zbekistonda «yashil» davlat xaridlari tizimi joriy etilishi mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanish va xalqaro ekologik standartlarga moslashish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid