add

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 mln tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

Poliz ekinlari yetishtirishda yetakchi hududlar sifatida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qayd etildi.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 mln tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 2,1 mln tonna poliz mahsuloti yetishtirilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 15,4 foizni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakat bo‘ylab poliz ekinlari hosilining hajmi sezilarli o‘sgan. Eng katta ulushni Jizzax viloyati — 280 ming tonna, Sirdaryo viloyati — 276 ming tonna va Qashqadaryo viloyati — 265 ming tonna tashkil etdi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 262 ming tonna, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 157 ming tonna, Buxoroda 151 ming tonna va Andijonda 141 ming tonna mahsulot yetishtirilgan.

Bundan tashqari, Samarqand viloyati 113 ming tonna, Farg‘ona viloyati 127 ming tonna va Xorazm viloyati 126 ming tonna hosil bilan qayd etilgan. Namanganda 99 ming, Navoiyda 73 ming va Toshkent viloyatida 60 ming tonna poliz yetishtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2025 yilning 9 oyi mobaynida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 352 trillion 689,4 milliard so‘mni tashkil etdi.

Teglar

Mavzuga oid