add

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 526 ming nafar fuqaroning huquqlari buzilgan

Bugun 13:552191 daqiqa

Bosh prokuraturada o‘tkazilgan majlisda yil davomida prokuratura organlari tomonidan aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha ma’lumot berildi.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 526 ming nafar fuqaroning huquqlari buzilgan

13-dekabr kuni Bosh prokuraturada Bosh prokuror N. Yo‘ldoshev raisligida kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2025 yilning o‘tgan davrida prokuratura organlari tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 160 mingdan ortiq nazorat hujjatlari qo‘llanilib, 526 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, nazorat tadbirlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan fuqarolarga hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan 2,2 trln so‘mlik zarar undirilgan.

Shuningdek, prokurorlar tashabbusi bilan 961 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 11 340 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan.

Bulardan tashqari, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan 302 ming nafar fuqarolarga 1,8 milliondan ziyod ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilib, ularning ahvoli yaxshilangan.

Teglar

Mavzuga oid