add

O‘zbekistonda yozning so‘nggi haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

25.08.2025 | 13:0031814

O‘zbekistonliklar haftaning ish kunlari davomida +40 darajaga yaqin issiq ob-havoga guvoh bo‘ladi. Kunduzi issiq bo‘lsa-da, kechalar salqin o‘tadi.

O‘zbekistonda yozning so‘nggi haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?
Juma kunidan dastlab shimoliy hududlarda, so‘ng boshqa joylarda havo haroratining sezilarli salqinlashishi kutiladi. «O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, 26 avgust kuni respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli, lekin yomg‘irsiz bo‘ladi. Shamol asosan sharqdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esishi, ayrim viloyatlarda 13–18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Toshkent shahrida havo harorati kechasi +20...+22 daraja, kunduzi +36...+38 daraja atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan coniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi, 29-30 avgustda ba’zi joylarda soniyasiga 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzgi +34...+39 darajaga yetishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo nisbatan barqaror bo‘lib, shamol soniyasiga 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +33...+38 darajani tashkil qiladi. Tog‘li hududlarda esa havo salqinroq bo‘lib, kechasi harorat +14...+19 daraja, kunduzgi +25...+30 daraja atrofida bo‘ladi. 30 avgustga kelib ko‘pgina viloyatlarda harorat biroz pasayib, kunduzi +30...+37 daraja oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yozning so‘nggi haftasida qanday ob-havo kuzatiladi? | Vaqt.uz