add

O‘zbekistonga kelayotgan hindistonlik turistlar soni keskin oshgan

28.07.2025 | 11:4515452

O‘zbekistonga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari soni 2025 yil boshidan beri sezilarli darajada ortgan. Mamlakatga qiziqish tobora ortib borayotgani turizm sektoridagi ijobiy o‘zgarishlarni namoyon etmoqda.

O‘zbekistonga kelayotgan hindistonlik turistlar soni keskin oshgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 28,5 ming nafar hindistonlik turist kelgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,3 ming nafarga ko‘p, ya’ni 22,7 foizlik o‘sishni anglatadi. Hindistonliklarning tashrifi asosan sayyohlik maqsadida amalga oshirilgan. Xususan, 17 956 nafar turist mamlakatga dam olish va tarixiy joylar bilan tanishish uchun kelgan. Shuningdek, 7 557 nafar kishi xizmat safari bilan tashrif buyurgan. O‘qish maqsadida kelganlar soni ham yuqori — 2 710 nafar hind talabalari turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda. 253 nafar mehmon esa qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelgan. Tijorat maqsadida tashrif buyurganlar soni 10 nafarni tashkil etdi. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekistonning Hindiston bilan turizm sohasidagi aloqalari rivojlanayotganidan dalolat beradi. Mamlakatning qulay viza siyosati, boy madaniy merosi va sayyohlik infratuzilmasini yaxshilash borasidagi harakatlari mehmonlar oqimini oshirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid