add

O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni 6 mlndan oshib, 49 foizlik o‘sish qayd etildi

23.08.2025 | 08:004053

2025 yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekistonga 6,3 mln nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 49 foizga ko‘p.

O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni 6 mlndan oshib, 49 foizlik o‘sish qayd etildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatga kelgan sayyohlar soni 4,2 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2,1 millionga oshgan. Sayyohlarning aksariyati qo‘shni davlatlardan kelgan. Jumladan, Qirg‘izistondan — 1 mln 846 ming, Qozog‘istondan — 1 mln 466 ming, Tojikistondan — 1 mln 441 ming fuqaro O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Rossiyadan kelganlar soni 536 ming 849 nafarni tashkil etgan. Afg‘onistondan 267 ming 485, Turkmanistondan 208 ming 864, Xitoydan 103 ming 158 va Turkiyadan 96 ming 492 kishi kelgan. Shuningdek, Hindistondan — 38 ming, Janubiy Koreyadan — 25 ming va boshqa davlatlardan kelgan 289 ming nafar sayyoh qayd etilgan. Turizm sohasi mutaxassislariga ko‘ra, mazkur o‘sish mamlakatdagi hududiy aviatsiya va temir yo‘l aloqalarining yaxshilanishi, elektron viza tizimi va viza rejimining liberallashuvi, shuningdek, xalqaro ko‘rgazmalar va turizm forumlarida faol qatnashish orqali yuzaga kelgan. Turizmning bu darajada o‘sishi iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, jumladan mehmonxona, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanmoqda.

Tashrif maqsadlari bo‘yicha esa mehmonlar quyidagi yo‘nalishlarda kelgan:

  • qarindoshlarni ziyorat qilish — 4 mln 338 ming 164 nafar

  • sayohat — 949 ming 933 nafar

  • xizmat safari — 710 ming 303 nafar

  • tijorat — 255 ming 136 nafar

  • davolanish — 54 ming 882 nafar

  • o‘qish — 10 ming 701 nafar

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni 6 mlndan oshib, 49 foizlik o‘sish qayd etildi | Vaqt.uz