O‘zbekistonga qaysi yoshdagi sayyohlar ko‘proq tashrif buyurmoqda?

14.02.2026 | 19:151 daqiqa

2025 yilda jami 11,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

O‘zbekistonga qaysi yoshdagi sayyohlar ko‘proq tashrif buyurmoqda?

2025 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonga 11,7 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan bo‘lib, ularning asosiy qismini erkaklar tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

2025 yilda O‘zbekistonga jami 200 ta davlatdan turistlar tashrifi qayd etilgan.

Shundan:

— erkaklar – 6 404 283 nafar;

— ayollar – 5 275 345 nafar.

Ularning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

— 1 479 729 nafar 18 yoshgacha bo‘lganlar;

— 1 924 358 nafar 19-30 yoshdagilar;

— 5 923 793 nafar 31-55 yoshdagilar;

— 2 351 748 nafar 56 yosh va undan kattalar tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun: 2025 yilda sayyohlar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,7 million nafarga yoki 46,8 foizga oshgan. Eng ko‘p sayyohlar qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan.

Xususan, Qirg‘iz Respublikasidan 3,3 million nafar fuqaro O‘zbekistonga kelgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Tojikiston va Qozog‘iston egallab, har ikki davlatdan 2,7 million nafardan turist tashrif buyurgan.

To‘rtinchi o‘rindagi Rossiyadan kelgan turistlar soni 984,4 ming nafarni tashkil etgan. Shuningdek, Afg‘onistondan 476,7 ming, Turkmanistondan 370 ming nafar sayyoh qayd etilgan.

Osiyo mamlakatlari hissasi ham sezilarli darajada oshgan. Xitoydan 278,9 ming, Turkiyadan 174,9 ming, Hindistondan 80,8 ming va Koreya Respublikasidan 46,3 ming nafar turist O‘zbekistonga sayohat qilgan.

Teglar

Mavzuga oid