add

O‘zbekistonga yil boshidan buyon 18 mingdan ziyod havo tozalagich import qilindi

Ushbu maishiy havo tozalagichlar asosan Xitoy, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Niderlandiya va boshqa davlatlardan keltirilgan.

O‘zbekistonga yil boshidan buyon 18 mingdan ziyod havo tozalagich import qilindi

2025 yilning 10 oyi davomida O‘zbekistonga umumiy qiymati 1,3 mln AQSH dollarlik 18,1 ming donadan ziyod maishiy havo tozalagichlar import qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, maishiy havo tozalagichlarni import qilish hajmi 2024 yilning shu davriga nisbatan 22 foizga oshgan.

Shuningdek, ushbu havo tozalagichlar asosan Xitoy, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Niderlandiya va boshqa davlatlardan import qilingan.

Ma’lumot uchun, prezidentning tegishli farmoni bilan maishiy havo tozalash uskunalarini O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji bekor qilindi.

Teglar

Mavzuga oid