add

O‘zbekistonlik ayol Sergey Shoyguning qarindoshiman deb odamlarni chuv tushirdi

06.10.2025 | 14:3043783

Moskvada o‘zini Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguning qarindoshi sifatida ko‘rsatgan o‘zbekistonlik ayol 100 mln rubldan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonlik ayol Sergey Shoyguning qarindoshiman deb odamlarni chuv tushirdi
Moskva huquq-tartibot organlari tomonidan o‘zbekistonlik ayol Shere Shoygu va uning familiyasini olgan turmush o‘rtog‘iga nisbatan tergov tekshiruvi boshlandi. Ular kriptovalyuta birjasiga sarmoya kiritish bahonasida 100 million rubldan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda TASS agentligiga jabrlanuvchilar vakillaridan biri, advokat Said Yaraxmedov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabr ko‘rgan moskvaliklar soni va yo‘qotilgan mablag‘ miqdori ikki barobar ko‘p bo‘lishi mumkin. «Biz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga Shere Shoygu va uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan, jinoyat sodir etishdan oldin familiyalarini o‘zgartirgan holda, firibgarlik bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqida ariza topshirdik», — dedi advokat. Ma’lum qilinishicha, 27 yoshli Sherexon Usmonova o‘z pasport ma’lumotlarini o‘zgartirib, Shere Shoygu ismi bilan yurishni boshlagan va o‘zini Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguning jiyani sifatida tanishtirgan. U shunday yo‘l bilan ishonchni qozonib, jabrlanuvchilarning pullarini o‘zlashtirib g‘oyib bo‘lgan. Advokat Yaraxmedovning ta’kidlashicha, hozircha aniqlangan zarar 100 million rubl atrofida, ammo voqea epizodlari va jabr ko‘rganlar soni ko‘payishi natijasida bu miqdor ikki barobarga yetishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid