add

O‘zbekistonlik sportchi parasuzish bo‘yicha jahon chempioniga aylandi

25.09.2025 | 17:0011272

Parasuzuvchi Yegor Bolotov jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik erkak suzuvchi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchi parasuzish bo‘yicha jahon chempioniga aylandi
21−27 sentyabr kunlari Singapurda bo‘lib o‘tayotgan parasuzish bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yegor Bolotov oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi. S13 toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Bolotov 100 m masofaga chalqancha suzish dasturida 58.97 soniyada marra chizig‘iga yetib bordi va barcha raqiblaridan ustun keldi. Ikkinchi o‘rin gollandiyalik Tomas van Vaanroyga (59,35), bronza esa ukrainalik Oleksiy Virchenkoga (59,45) nasib etdi. Yegor kecha 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslarida bronza medaliga ega chiqqandi. Musobaqada 60 davlatdan 600 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ayollar o‘rtasida 100 m masofaga chalqancha suzish finalida vakilamiz Mubinabonu Xalilova (S13) yettinchi o‘ringa ega bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid