add

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov jazolandi.

03.10.2025 | 22:3035533

U UFC antidoping siyosati qoidalarini buzgani uchun bir yilga diskvalifikatsiya qilindi.

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov jazolandi.
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov antidoping qoidalarini buzgani uchun bir yilga janglardan chetlatildi. Bu haqda Combat Sports Anti-Doping (CSAD) tashkiloti rasman xabar berdi. CSAD ma’lumoticha, Temirovdan olingan namunalarda taqiqlangan trimetazidin (TMZ) moddasi aniqlangan. U yurak kasalliklarida qo‘llaniladigan dorilar sirasiga kiradi va UFC antidoping dasturi (ADP) ro‘yxatida gormonal hamda metabolik modulyatorlar qatorida joylashgan. Trimetazidin sportchilar tomonidan har qanday vaqtda ham qo‘llanishi man etilgan. Temirovdan ilk namuna 2025 yil 12 iyun kuni Tailandning Pxuket shahrida musobaqadan tashqari davrda olingan. Keyinchalik, 4 iyul kuni ikkinchi namuna ham xuddi shu shaharda olingan va ikkisida ham taqiqlangan modda topilgan. Birinchi natija haqida sportchi vaqtida ogohlantirilmagani uchun bu holat yagona qoidabuzarlik sifatida baholandi. CSAD’ning qayd etishicha, Temirov trimetazidindan foydalanganini ochiq tan olgan. U dorini shifokor ko‘rsatmasi bilan qabul qilganini aytgan, ammo uning sportchilar uchun taqiqlanganini tekshirmagan va shifokoriga o‘zining testdan o‘tuvchi jangchi ekanini bildirmagan. Ma’lumot o‘rnida, Ramazon Temirov UFC doirasda ikki bor jang qilib, har ikkisida ham g‘alaba qozongan.

Teglar

Mavzuga oid