add

O‘zbekistonliklar 10 oyda ta’lim xizmatlariga 30 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi

30.11.2025 | 14:112041 daqiqa

2025 yilning o‘n oyida ta’lim xizmatlari bozori hajmi sezilarli o‘sib, oliy ta’lim xizmatlari umumiy sarfning yarmidan ko‘pini tashkil etdi.

O‘zbekistonliklar 10 oyda ta’lim xizmatlariga 30 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 30,4 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga ko‘p bo‘lib, mamlakatda ta’limga bo‘lgan talab barqaror o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatadi.

Ta’lim xizmatlariga bo‘lgan sarflarning umumiy hajmi jami bozor xizmatlari strukturasida 3,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ta’lim xizmatlari iqtisodiyotda muhim o‘rin tutayotganini va aholining moliyaviy xarajatlarida ta’limga ajratilayotgan ulush kengayib borayotganini anglatadi.

Shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar tarkibida oliy ta’lim xizmatlari eng katta ulushga ega bo‘ldi. Ularning hissasi 46,6 foizni tashkil etib, bozorda oliygohlar xizmatlariga bo‘lgan talab yuqori ekanini ko‘rsatdi. Bu jarayon talabalar soni ortayotgani va xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyati kengayayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid