add

O‘zbekistonliklar Angliyaga ishga taklif qilinmoqda

11.09.2025 | 21:4034732

Ishchilar soatiga taxminan 16,55 dollar oladi va haftasiga kamida 32 soat ish bilan ta’minlanadi.

O‘zbekistonliklar Angliyaga ishga taklif qilinmoqda
Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. «HOPS Labour Solutions 2026 yil mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari uchun onlayn-ro‘yxatdan o‘tishni ochadi!», - deyiladi xabarda. Arizalar 2025 yil 15 sentyabr soat 13:30 dan 21 sentyabr soat 22:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi. Ish sharoitlariga ko‘ra, ishchilar soatiga 12,21 funt maosh (hozirgi hisobda taxminan 16,55 dollar) oladi va haftasiga kamida 32 soat ish bilan ta’minlanadi. Viza to‘lovi 319 funt etib belgilangan. Dasturda 18 yoshdan oshgan, jismoniy va ruhiy sog‘lom hamda rus tilini yaxshi biladigan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid