add

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

Bugun 19:181 daqiqa

2025 yilda chet elga chiqqan o‘zbekistonliklar soni oshib, eng ko‘p safarlar qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy sayohatlari sezilarli darajada ko‘paydi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, ushbu davrda qariyb 7 million nafar o‘zbekistonlik turizm maqsadida chet elga chiqqan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taxminan 1,3 million nafarga yoki 23 foizga oshgan. Ushbu o‘sish transport qatnovlarining ko‘payishi, vizasiz rejimlar kengayishi hamda aholi daromadlarining bosqichma-bosqich oshishi bilan izohlanmoqda.

2025 yilning 11 oyida o‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilgan davlatlar ro‘yxatida qo‘shni mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. Jumladan, birinchi o‘rinni Qirg‘iziston egallab, u yerga 3,1 million nafar fuqaro tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich savdo, qarindoshlik aloqalari va qisqa muddatli safarlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Qozog‘iston (1,3 million nafar) hamda Tojikiston (1,2 million nafar) joylashgan. Ushbu davlatlarga safarlar ham asosan yaqinlik va chegaraviy harakatlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Qo‘shni mintaqadan tashqari, o‘zbekistonliklar Rossiyaga 399 ming nafar, Saudiya Arabistoniga 296,4 ming nafar va Turkiyaga 251,1 ming nafar safar qilgan. Ayniqsa, Saudiya Arabistoniga borganlar soni ziyorat turizmi hisobiga yuqori bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari (126,3 ming), Misr (61 ming), Xitoy (46 ming) va Vietnam (35,6 ming) ham TOP-10 ro‘yxatidan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga 10,7 mln nafar xorijlik sayyoh tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid