add

O‘zbekistonliklar uchun qaysi davlatlar «muammosiz daromad yo‘nalishlari» hisoblanadi?

15.07.2025 | 14:2143106

2024 yilda xorijga daromad topish maqsadida  ketayotgan o‘zbekistonliklar soni oshdi. Mehnat migratsiyasi mamlakat iqtisodiy barqarorligiga xizmat qilayotgan bo‘lsa-da, bu yo‘lda firibgarliklar uchrab turibdi; rad etilgan vizalar va yangi yo‘nalishlar haqida dolzarb savollar ko‘paymoqda.

O‘zbekistonliklar uchun qaysi davlatlar «muammosiz daromad yo‘nalishlari» hisoblanadi?
Milliy statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda 6,2 million o‘zbekistonlik xorijga chiqqan — bu 2023 yilga nisbatan deyarli 30 foizga ko‘p. Ularning katta qismi daromad izlab xorijiy davlatlarga borgan. [caption id="attachment_9144" align="aligncenter" width="600"]Visa 1 Infografika: vaqt.uz[/caption] Mazkur raqamlar ichida faqat mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq safarlar aks ettirilgan bo‘lib, qolganlari sayohat, o‘qish yoki boshqa maqsadlarga tegishli bo‘lishi mumkin. 2024 yilda mehnat muhojirlari O‘zbekistonga 15 milliard dollarga yaqin pul yuborgan. Bu mablag‘ 2025 yilgi davlat byudjeti daromad qismining taxminan 42 foizini (35,9 mlrd dollar) tashkil qiladi. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, agar bu pul o‘tkazmalari bo‘lmaganida, O‘zbekistonda qashshoqlik darajasi 9,6 foizdan 16,8 foizgacha oshib ketgan bo‘lardi.   Germaniya Shengen vizasi portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda o‘zbekistonliklar 58 691 ta viza arizasi topshirgan, bu esa 2023 yilga nisbatan 26 foiz ko‘p. Shu arizalarning 19 329 tasi Germaniyaga tegishli bo‘lib, ulardan 15 205 tasi tasdiqlangan. Bu Germaniyani o‘zbekistonliklar orasida eng mashhur yo‘nalishga aylantirdi.   Bolgariya 2024 yil bahorida Bolgariya Shengen zonasiga qisman qo‘shildi, 2025 yil yanvaridan boshlab esa to‘liq a’zo bo‘ldi. Bu o‘zbekistonliklar uchun eng qulay kirish nuqtasiga aylandi. Bolgariya vizalarining tasdiqlanish darajasi 133,4 foizga yetgan. Bu shuni anglatadiki, ayrimlar bir necha marta viza olgan. Endilikda Bolgariya vizasi orqali Shengen zonasidagi 29 davlatga qo‘shimcha ruxsatsiz kirish mumkin. Buning natijasida Bolgariya arzon va oson kiriladigan Shengen eshigi sifatida tanilmoqda. 2025 yil OCEDning 2025 yil aprel oyi oxiridagi «Bolgariya mehnat bozori tahlili hisobotiga» ko‘ra, Bolgariya aholisi qisqarib bormoqda, mamlakatda mehnat kuchi yetishmovchiligi sezilarli. Shuning uchun u o‘zbekistonlik kabi mehnat muhojirlarini jalb qilishni kengaytirib, muqobil mehnat manbalariga ehtiyoj sezmoqda — bu esa Bolgariyani «yangi Shengen eshigi»ga aylantirganini tasdiqlaydi .   Polsha Bir paytlar Polsha o‘zbekistonliklar uchun Shengen zonasiga kirishdagi asosiy yo‘nalish edi. Biroq 2023–2024 yillardagi «viza sotish mojarosi» va siyosiy beqarorlik tufayli bu mamlakat eng ko‘p rad javobi berayotgan davlatlardan biriga aylandi. 2024 yilda 9 250 ta viza arizasi rad etilgan, bu jami arizalarning 15,76 foizini tashkil etdi — o‘tgan yilga qaraganda 21 foizga ko‘p. O‘zbekistonliklar Polsha vizasi uchun 4,7 million yevro sarflagan. Shundan 740 ming yevro rad etilgan arizalar tufayli behuda ketgan.   Firibgarliklar Telegramda Yevropaga «qonuniy ishga joylashtirish», viza olish va «ishonchli sxemalar» orqali hujjat rasmiylashtirishni va’da qilayotgan anonim kanallar soni tez sur’atlar bilan oshmoqdaIqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, 2024–2025 yillarda viza firibgarliklari bilan bog‘liq o‘nlab jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.   Mehrinoza Farmonova tayyorladi.  

Teglar

Mavzuga oid