add

O‘zbekistonliklar yangi haftani qanday ob-havo bilan boshlaydi?

21.09.2025 | 11:1512226

22-25 sentyabr kunlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq vodiy hamda tog‘ oldi hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonliklar yangi haftani qanday ob-havo bilan boshlaydi?
«O'zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, 24 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 22-24 sentyabrda +20...+25 daraja, 25 sentyabrda +23...+28 daraja bo‘ladi. Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-24 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentyabrda +12...+17 daraja bo‘ladi, 23-25 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi 22 sentyabrda +23...+28 daraja,  23-25 sentyabrda +20...+25 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 va 24 sentyabrda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,  chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentyabrda +12...+17 daraja, 23-25 sentyabrda +10...+15 daraja,  kunduzi 22-23 sentyabrda +22...+27 daraja, 24-25 sentyabrda +24...+29 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,  chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentyabrda +14...+19 daraja, 23-25 sentyabrda +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-25 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 sentyabrda +12...+17 daraja, 25 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi 22 sentyabrda +25....+30 daraja bo‘ladi, 23-24 sentyabrda +22...+27 daraja, 25 sentyabrda +24...+29 daraja bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 23-25 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, asta-sekin +5...+10 darajagacha pasayadi, kunduzi 22-23 sentyabrda +15....+20 daraja, 24-25 sentyabrda +18...+23 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid