add

O‘zbekistonliklarning naqd pulga ehtiyoji ortib bormoqda — muomalada qancha bor?

17.07.2025 | 19:4047792

2025 yil iyun oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda keng ma’nodagi pul massasi (M2) 312,5 trln so‘mga yetdi. Bu bir oyda 12,3 trln so‘mlik o‘sish demakdir. Markaziy bank ma’lumotlariga qaraganda, bu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 44 trln so‘mga oshgan.

O‘zbekistonliklarning naqd pulga ehtiyoji ortib bormoqda — muomalada qancha bor?
Shuningdek, so‘mdagi pul massasi ham iyun oyida 10,6 trln so‘mga ko‘payib, 250 trln so‘mga yaqinlashdi. Bu hukumat va moliya tizimidagi faol pul harakati fonida yuz bermoqda. Mutaxassislar buni iqtisodiyotdagi likvidlikning ortayotgani bilan izohlamoqda. Naqd pullar aylanmasi ham ancha jadal o‘sgan. Iyun oyida muomaladagi naqd pullar 3,9 trln so‘mga, bank tizimi tashqarisidagi naqd pullar esa 4,1 trln so‘mga ko‘paydi. Shu tariqa, 1 iyul holatiga ko‘ra, umumiy naqd pul massasi 70,3 trln so‘mga yetdi. Qo‘shimcha ravishda, yuridik shaxslar va tashkilotlarning vakolatli hisoblaridagi qoldiq 22,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu korporativ mablag‘lar oqimi ham faollashganini ko‘rsatadi. Ta’kidlash joiz, 2024 yilning iyun oyida pul massasi 236,4 trln so‘m edi. Demak, so‘nggi bir yilda 76 trln so‘mga yaqin o‘sish qayd etilgan. Iqtisodchilar buni mamlakatdagi inflyatsiya bosimi va sarf-xarajatlar oshgani bilan bog‘lashmoqda.

Teglar

Mavzuga oid