
O‘zbekistonnig Maldiv orollaridagi birinchi elchisi tayinlandi
13.06.2025 | 13:0030112
O‘zbekiston Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev endi Maldiv orollarida ham elchi sifatida faoliyat yuritadi. U ushbu mamlakatdagi birinchi elchi sifatida ish boshladi va Maldiv prezidenti Muhammad Muizzuga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Rasmiy uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turizm va oliy ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Maldivlik talabalarning O‘zbekiston universitetlarida o‘qishi, hamda ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi muhokama markazida bo‘ldi.
Shuningdek, vizalarni yengillashtirish, qo‘shma turistik paketlar ishlab chiqish va charter reyslar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari, tadbirkorlar va boshqa sohalar vakillari o‘rtasida o‘zaro tashriflarni tashkil qilish yuzasidan ham fikr almashildi.





