add

O‘zbekistonning ilk mudofaa vaziri Rustam Ahmedov vafot etdi

12.10.2025 | 19:2448793

O‘zbekiston milliy armiyasi asoschilaridan biri, mamlakatning ilk mudofaa vaziri Rustam Ahmedov 82 yoshida vafot etdi. U mustaqillikning dastlabki yillarida milliy Qurolli Kuchlarni shakllantirish va mudofaa tizimini barpo etishda muhim rol o‘ynagan.

O‘zbekistonning ilk mudofaa vaziri Rustam Ahmedov vafot etdi
O‘zbekiston Respublikasi birinchi mudofaa vaziri Rustam Ahmedov 82 yoshida olamdan o‘tdi. U mustaqillikdan keyingi ilk yillarda mamlakat mudofaa tizimini noldan qurishga boshchilik qilgan harbiy arbob sifatida tarixda qolgan. 1992-yilda Prezident Islom Karimov farmoni bilan Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri etib tayinlangan. Uning zimmasiga Sovet Ittifoqidan qolgan harbiy qismlar va texnika inshootlarini respublika tasarrufiga o‘tkazish, milliy armiya tizimini shakllantirish vazifasi yuklatilgan edi. Ahmedov rahbarligi davrida Mudofaa vazirligi tizimi yaratildi, harbiy qismlar va o‘quv markazlari tashkil etildi, general shtab tuzilmasi shakllandi. Shuningdek, milliy kadrlar tayyorlash siyosati amalga oshirilib, harbiy akademiya va litseylar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 1992 yilning 14 yanvarida O‘zbekiston Sovet armiyasidan qolgan bo‘linmalar ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritdi. Bu sana keyinchalik “Vatan himoyachilari kuni” sifatida e’lon qilindi va hozir ham mamlakat miqyosida nishonlanib kelinmoqda. 1994-yilda Rustam Ahmedov lavozimidan ozod etilgan bo‘lsa-da, uning milliy armiyani barpo etishdagi hissasi tarixda alohida o‘rin tutadi. U O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining poydevorini qo‘ygan avlodning yorqin vakili sifatida eslanadi.

Teglar

Mavzuga oid