add

O‘zbekistonning ishbilarmonlik faolligi indeksi: avgust oyida nimalar o‘zgardi?

10.09.2025 | 17:2021736

Tahlilga ko‘ra, avgust oyida respublikada yirik tadbirkorlik korxonalari soni ortgan, fermer xo‘jaliklari soni kamaygan, banklararo to‘lov operatsiyalari qisqargan.

O‘zbekistonning ishbilarmonlik faolligi indeksi: avgust oyida nimalar o‘zgardi?
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mamlakatning Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI)ni  e’lon qildi. Tahlilga ko‘ra, 2025 yil avgust oyida mamlakatning ishbilarmonlik darajasi 1029 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 30,9 foizga sezilarli darajada ortgan. [caption id="attachment_16457" align="aligncenter" width="633"]Cerr 01 Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi[/caption]   Hududlar kesimida qanday o‘zgarishlar kuzatilgan? 2025 yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 9 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Sirdaryo (72,3 foiz), Navoiy (45,5 foiz), Andijon (38,3 foiz) viloyatlari va Toshkent sha=rida (36,7 foiz) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan. Biroq Ishbilarmonlik faolligi indeksi Xorazm (11,5 foiz), Jizzax (11,0 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7,5 foiz), Surxondaryo (6,0 foiz) va Buxoro (5,5 foiz) viloyatida kamaygan. [caption id="attachment_16458" align="aligncenter" width="633"]Cerr 02 Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi[/caption] Indeksni belgilovchi komponentlar quyidagicha o‘zgargan: To‘lov operatsiyalari 2025 yil avgust oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 045,1 ming tani tashkil etdi va 2025 yilning iyul oyiga nisbatan 456,7 ming tranzaksiyaga (7 foiz) kamaygan. Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 ta xududda ortgan. 2025 yil avgust oyida respublikaning 5 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Qashqadaryo (8,4 foiz), Samarqand (5,3 foiz), Buxoro (1,7 foiz) va Sirdaryo (0,7 foiz) viloyatida o‘sish kuzatilgan.   Tovar-xomashyo birjasidagi faollik 2025-yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 1,1422 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 14,2 foizga ortganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 41,1 foizga va tuzilgan bitimlar soni 12,7 foizga kamayganligi bilan izohlanadi. Respublika tovar-xomashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025-yil avgust oyida 6 635,9 mlrd so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga kamaygan.   Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faollligi Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subektlari bo‘yicha komponent 2025 yil avgust oyida 1,0038 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,4 foizga ortgan. 2025 yil avgust oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subektlar soni o‘tgan oyga (488 584 birlik) nisbatan 2 038 birlikka ortib, 490 622 birlikni tashkil etgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 23 taga oshgan. Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 392 415 tadan 395 603 taga ortgan (o‘sish 3188 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 92 198 tadan 91 025 tagacha (-1173 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan subektlar soni 3 994 tani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 23 taga ortgan.   Brendlarni ro‘yxatga olish 2025 yil avgust oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 0,8504 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 15 foizga kamaygan. 2025 yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 398 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan. Mehrinoz Farmonova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid