add

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 50 mlrd dollardan oshdi

08.09.2025 | 19:2022302

O‘zbekiston tarixda ilk bor oltin-valyuta zaxiralari 50 mlrd dollarlik ko‘rsatkichdan oshdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 50 mlrd dollardan oshdi
1 sentyabr holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralari 50,08 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir oyda 1,34 mlrd dollarga oshgan va ma’lumotlar e’lon qilina boshlanganidan beri eng yuqori darajani qayd etdi. Oltin zaxiralari bir oyda 1,38 mlrd dollarga o‘sib, 40,06 mlrd dollarga yetdi. Bu ham yangi rekord hisoblanadi. Uning fizik hajmi esa 11,8 mln troy unsiyani tashkil etdi. Biroq shu davrda valyuta zaxiralari 53,5 mln dollarga qisqarib, 8,43 mlrd dollarga tushdi. Jumladan, xorijiy banklardagi hisoblarda 7,52 mlrd dollar, boshqa mamlakatlar markaziy banklari va XVJdagi hisoblarda esa 908,9 mln dollar saqlanmoqda. Shuningdek, Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan mablag‘lar ham o‘sish qayd etdi. Ularning qiymati avgust oyi yakuniga ko‘ra 1,016 mlrd dollarga yetgan. Avvalroq Jahon bozorida oltin narxi tarixiy yuqori ko‘rsatkichga chiqib, narxi 3508,7 dollargacha ko‘tarilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid