add

O‘zbekistonning qator hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

08.07.2025 | 13:3021362

O‘zgidrometning yozishicha, 9−11 iyul kunlar yomg‘ir yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonning qator hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Jumladan: Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida; Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida; Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida; Farg‘ona viloyati So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida; Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel kelish xavfi bor. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonning qator hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin | Vaqt.uz