add

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 51 mlrd dollardan oshdi

22.09.2025 | 08:0039764

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2025 yilning yanvar—avgust oylarida 51,4 mlrd dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,8 foizga ko‘pdir.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 51 mlrd dollardan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport hajmi 22,9 mlrd dollarga, import esa 28,4 mlrd dollarga yetgan. Shu bilan mamlakat tashqi savdosi 5,47 mlrd dollarlik manfiy saldo bilan yakunlangan. Asosiy savdo sheriklari orasida Xitoy (18,9 foiz), Rossiya (16,1 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) yetakchi o‘rinlarda turibdi. Eksportning 75 foizini tovarlar tashkil etgan: sanoat mahsulotlari 11,1 foiz, oziq-ovqat va hayvonlar 7,8 foiz, kimyo mahsulotlari 5,9 foiz hamda mineral yoqilg‘i va moylar 4,4 foizni tashkil qildi. O‘zbekiston jahon bozoriga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirdi. Yanvar—avgust oylarida 1,45 mln tonna mahsulot chetga yuborilib, hajm 7,3 foizga o‘sdi. Eksport qiymati 1,26 mlrd dollarni tashkil etib, yillik o‘sish 37,3 foiz bo‘ldi. Shu bilan birga, tekstil mahsulotlari eksporti 1,67 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga kamaydi. Xizmatlar eksporti 5,7 mlrd dollarga yetdi va umumiy eksportda 24,8 foiz ulushga ega bo‘ldi. Turizm (53,6 foiz) va transport xizmatlari (32 foiz) yetakchi bo‘ldi. Telekommunikatsiya va IT xizmatlari ulushi ham 7,9 foizgacha oshdi. Import hajmi 28,4 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 11,8 foizga o‘sdi. Asosiy qismni mashinalar va transport jihozlari (33,8 foiz), sanoat mahsulotlari (16,1 foiz) va kimyo mahsulotlari (12,6 foiz) egalladi. Importning uchdan ikki qismi Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Koreya, Germaniya va Hindistondan amalga oshirildi. Import xizmatlari 2,9 mlrd dollarga yetdi. Ularning asosiy qismi sayyohlik (56,8 foiz) va transport xizmatlari (18 foiz) bo‘ldi. Bu yo‘nalishda yillik o‘sish 28,6 foizga tengdir. Avvalroq yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarga yetgani haqida xabar bergan edik.  

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz