add

«O‘zbekkosmos» noqonuniy daraxt kesilishini nazorat qiladi

02.10.2025 | 17:0025732

O‘zbekistonda daraxtzorlarning noqonuniy kesilishi va tabiatga oid qonunbuzarliklar endilikda kosmik monitoring orqali nazorat qilinadi.

«O‘zbekkosmos» noqonuniy daraxt kesilishini nazorat qiladi
Prezident Farmoniga muvofiq, 2026 yildan boshlab «O‘zbekkosmos» agentligi geologiya, yer munosabatlari va ekologiya sohalarida noqonuniy holatlarni aniqlash maqsadida yiliga uch marta davlat kosmik monitoringi o‘tkazadi. Bu tashabbus orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2026 yildan sinov tariqasida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari holati aerokosmik monitoring orqali tekshiriladi. Bu orqali energetik infratuzilmaning barqarorligi va xavfsizligi ta’minlanishi kutilmoqda. Ekologik yo‘nalishdan tashqari, Surxondaryo viloyatida quyosh panellarini samarali joylashtirish mumkin bo‘lgan maydonlar aniqlanadi. Bu qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va mamlakatning «yashil energetika» salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Transport sohasida esa Toshkent–Angren yo‘nalishidagi temir yo‘l holati aerokosmik monitoring orqali nazorat qilinadi. Mutaxassislar fikricha, yangi tizim davlat organlariga tezkor va aniq ma’lumot taqdim etib, strategik tarmoqlarda samaradorlikni oshirish imkonini yaratadi.

Teglar

Mavzuga oid