add

O‘zbeklar Koreyadagi beshinchi katta millatga aylandi

29.07.2025 | 23:0046412

Janubiy Koreyada yashovchi o‘zbekistonliklar soni 98,4 ming kishidan oshib, mamlakatdagi eng yirik beshinchi diasporaga aylandi. Bu haqda The Korea Times nashri ma’lum qildi.

O‘zbeklar Koreyadagi beshinchi katta millatga aylandi
2025 yil iyun holatiga ko‘ra, Janubiy Koreyada 98,4 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘zbekistonliklarni mamlakatda yashovchi beshinchi eng yirik millatlar guruhiga kiritdi. The Korea Times ma’lumotlariga qaraganda, Koreyada eng katta xorijiy diasporani Xitoy fuqarolari tashkil qiladi — 972,1 ming kishi. Ikkinchi o‘rinda Vetnam (341,1 ming), uchinchida AQSH (196,6 ming), to‘rtinchida esa Tailand (173,7 ming) fuqarolari turibdi. Janubiy Koreyadagi xorijliklarning asosiy qismi Seul va uning atrofida hamda mamlakatning janubiy hududlarida yashaydi. Muhojirlarning 20 foizi etnik koreyslarga beriladigan F-4 vizasi orqali, 12 foizi esa E-9 turdagi mehnat vizasi asosida Koreyada yashash huquqiga ega. Shuningdek, ular orasida doimiy yashash huquqini beruvchi F-5 vizasi, talabalar uchun mo‘ljallangan D-2 vizasi va sayyohlarga beriladigan B-2 vizasi egalari ham mavjud. Jami xorijliklar soni Koreyada 2,7 million kishini tashkil qilmoqda. Ulardan har uchinchi kishi Xitoy fuqarosi hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid