add

O‘zgidromet 27–31-oktabr kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi

26.10.2025 | 19:318842

O‘zbekiston bo‘ylab kelasi to‘rt kunda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, shamol kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

O‘zgidromet 27–31-oktabr kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) 27–31 oktyabr kunlarida mamlakat bo‘ylab ob-havo sharoitiga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 27–28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol soniyasiga 7–12 metr tezlikda sharqdan esadi, 27 oktyabrda ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8°C, kunduzi +17…+24°C atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 28 oktyabrda qisqa yomg‘ir ehtimoli bor. Qolgan kunlarda havo quruq va iliq bo‘ladi. Shamolning tezligi soniyasiga 7–12 metr, ayrim hududlarda 13–18 metrgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi +4…+13°C, kunduzi +21…+28°C bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 28 oktyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sharqqa qarab yo‘nalishini o‘zgartirib, soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi, ayrim paytlarda 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8…+13°C, kunduzi +18…+26°C bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida faqat 28 oktyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan kunlarda havo asosan quyoshli va iliq bo‘ladi. Harorat kechasi +8…+15°C, kunduzi +23…+29°C atrofida bo‘ladi. Shamol ayrim paytlarda soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 28 oktyabr kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli bor. Qolgan kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol soniyasiga 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +6…+13°C, kunduzi +18…+26°C bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlarida 28 oktyabrda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda esa qor kuzatilishi mumkin. 29–31 oktyabrda havo asosan quruq bo‘ladi. Harorat kechasi +3…+10°C, kunduzi +13…+20°C at

Teglar

Mavzuga oid