add

O‘zgidromet surxondaryoliklarni kuchli chang-to‘zonlardan ogohlantirmoqda

Bugun 09:551461

3 noyabr kuni Surxondaryo viloyati hamda mamlakatning tog‘li hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

O‘zgidromet surxondaryoliklarni kuchli chang-to‘zonlardan ogohlantirmoqda

3 noyabr kuni kunduzi Surxondaryo viloyati hamda respublikaning tog‘li hududlarida shamolning kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati va respublikaning tog‘li hududlaridagi ba’zi joylarda shamol tezligi soatiga 13–18 metrgacha yetishi, ayrim mintaqalarda chang-to‘zonlarni keltirib chiqarishi mumkin.

«Mazkur hududlar aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.» — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirishlari, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishlari tafsiya etilgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zgidromet surxondaryoliklarni kuchli chang-to‘zonlardan ogohlantirmoqda | Vaqt.uz