add

Parasetamolning kutilmagan xavfi aniqlandi

26.08.2025 | 15:0032993

Butun dunyoda homilador ayollarning yarmidan ko‘pi og‘riq va isitmani davolash uchun qabul qiladigan paratsetamol (atsetaminofen) bolalarda asab tizimi rivojlanishining buzilishi xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Parasetamolning kutilmagan xavfi aniqlandi
Environmental Health jurnalida chop etilgan metatadqiqot 46 ta ilmiy ishni tahlil qildi. Uning natijalariga ko‘ra, paratsetamolni qabul qilgan ayollarning farzandlarida diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi (DYGS), shuningdek, autizm spektri buzilishlari bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan. Tadqiqotlarning yarmida ushbu dorini qo‘llash va mazkur kasalliklar o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli bog‘liqlik aniqlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, paratsetamol yo‘ldosh orqali tez o‘tadi va gormonal boshqaruv hamda immun jarayonlarga ta’sir qiladi. Shuningdek, u oksidlanish stressini kuchaytirishi mumkin. Bu esa uni shakllanish bosqichidagi bola miyasi uchun xavfli omilga aylantiradi. Masalan, 20 ta tadqiqotning 14 tasida paratsetamol qo‘llangan hollarda bolalarga DYGS tashxisi ko‘yilishi ko‘proq qayd etilgan. Sakkizta ishning beshtasida esa u autizm bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Mutaxassislar xavf darajasi dori qabul qilingan vaqt va miqdor bilan uzviy bog‘liq ekanini qayd etadi. Dorini uzoq vaqt yoki katta dozada qabul qilishda ehtimoliy salbiy oqibatlar kuchayishi mumkin. Tadqiqotchilar hozirgi natijalarni yanada aniqlash uchun yirikroq ilmiy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ular na faqat xavfni tasdiqlash yoki rad etish, balki homilador ayollarda og‘riq va isitmani davolashning xavfsizroq usullarini izlashni maqsad qilib qo‘ymoqda.

Teglar

Mavzuga oid