add

Parkentda «Cobalt» 9 yoshli bolani urib, sudrab ketdi

25.10.2025 | 17:2511011

Ijtimoiy tarmoqlarda 9 yoshli bolanining halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati YHXB rasmiy ma’lumot berdi.

Parkentda «Cobalt» 9 yoshli bolani urib, sudrab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumanida «Cobalt» avtomashinasi 9 yoshli bolani urib, sudrab ketgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, YTH joriy yil 18 oktyabr kuni soat taxminan 11:00 larda D-015 (Qiziltog‘ – Parkent – Yangi bozor) avtomobil yo‘lining 57-kilometrida sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan X.D. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashina piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan Sh.M.ni urib ketgan.

Natijada bola tan jarohatlari olgan va Parkent tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Tibbiyot xodimlarining ma’lumoticha, uning ahvoli yaxshi va u davolanish jarayonida.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bola halok bo‘lgani haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. YHXB bu xabarlarni feyk deb atadi.

Shuningdek, YTHda ishtirokchi sifatida 1992 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi «Damas» avtomashinasi ham qayd etilgan. Hozirda Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisaning sabablari va barcha tafsilotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlanmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi fuqarolarni yo‘l qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid