add

Parlament — bank tizimida davlat ulushining yuqoriligi saqlanib qolmoqda

22.07.2025 | 13:0033532

O‘zbekiston bank tizimida davlat ulushining yuqoriligi va xususiy sektor ulushining pastligicha qolishi qonun chiqaruvchilarning tanqidiga sabab bo‘ldi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ushbu masala yuzasidan rasmiy parlament so‘rovini yuborishga qaror qildi.

Parlament — bank tizimida davlat ulushining yuqoriligi saqlanib qolmoqda
2020–2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi qabul qilinganiga qaramay, bugungi holat ko‘ngildagidek emas. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, xususiy banklar aktivlarining umumiy bank sektoridagi ulushi belgilangan maqsad ko‘rsatkichlariga yeta olmayapti. Davlat ulushi esa yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Qonunchilik palatasi deputatlari bu holat tadbirkorlik sub’ektlari va aholi uchun zamonaviy bank xizmatlarining yetarlicha rivojlanmasligiga olib kelayotganini ta’kidlashdi. Ayniqsa, yangi kredit tashkilotlarining asosan Toshkent va viloyat markazlarida joylashgani sababli, qishloq aholisi ulardan foydalanishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Shuningdek, aholi murojaatlarida bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish, axborot xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy himoya mexanizmlarini joriy etish zarurligi qayd etilgan. Shunga ko‘ra, bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirish, moliyaviy xizmatlarni ommaviy va barcha hududlarga yetarli darajada yetkazish masalalari yuzasidan Markaziy bank raisi Murodjon Tojiyevich Ishmetovga parlament so‘rovi yuborish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Teglar

Mavzuga oid