add

Pavel Durovning vasiyati bo‘yicha farzandlari merosga 30 yildan keyin ega bo‘ladi

19.06.2025 | 12:4047633

Telegram asoschisi Pavel Durov so‘nggi suhbatlardan birida o‘z farzandlari va platformaning kelajagini himoya qilish maqsadida rasmiy vasiyatnoma tuzganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu qarorni xavfsizlik tahdidlari va shaxsiy tamoyillar asosida qabul qilgan.

Pavel Durovning vasiyati bo‘yicha farzandlari merosga 30 yildan keyin ega bo‘ladi
Durov fransuz nashri Le Point bilan suhbatda, «erkinlikni himoya qilish» uni ko‘plab davlatlarda dushmanga aylantirganini va shu bois farzandlari hamda Telegram platformasini himoya qilish zarurligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi bilan qandaydir fojea yuz bergan taqdirda, messenjerni boshqarish mas’uliyati nodavlat fondga o‘tadi. U, shuningdek, platformaning mustaqilligi, shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi va so‘z erkinligini himoya qilishga sodiq bo‘lib qolishini ta’minlashni xohlayotganini ta’kidladi. Durov vasiyatnomani yaqinda rasmiylashtirganini ma’lum qilib, farzandlari undagi mol-mulkka 30 yil o‘tgandan so‘nggina ega bo‘lishini belgilagan. Biznesmen bu bilan farzandlari «oddiy odamlardek» tarbiyalanishini, o‘z hayotlarini mustaqil qurishlarini va boylikka qaram bo‘lmasligini xohlayotganini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, u farzandlarini ajratmaydi: «tabiiy yo‘l bilan» tug‘ilgan va donorlik natijasida dunyoga kelgan bolalar bir xil huquqlarga ega bo‘ladi. «Men ular mening o‘limimdan so‘ng boylik uchun bir-biri bilan urushishini istamayman», — degan Durov. Ma’lum qilinishicha, unda 3 sherikdan tug‘ilgan 6 nafar rasmiy farzand va donorlik orqali dunyoga kelgan yana 100 dan ortiq farzand bor. Ular 12 mamlakatda yashaydi.

Teglar

Mavzuga oid