add

Paxta yetishtiruvchilarga har tonna uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Bugun 11:1691 daqiqa

Hukumat qaroriga muvofiq, 2025 yil hosilidan birja orqali sotilgan paxta xomashyosini realizatsiya qilgan qishloq xo‘jaligi sub’ektlari uchun yangi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etildi.

Paxta yetishtiruvchilarga har tonna uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Hukumatning 2025 yil 6-dekabrda qabul qilingan 771-son qarori bilan qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydigan vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Mazkur tartib paxta yetishtiruvchilarni rag‘batlantirish va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

Nizomga ko‘ra, paxta xomashyosi yetishtirgan va mahsulotini birja orqali sotgan qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga har bir tonna uchun 1 million so‘m miqdorida subsidiya to‘lanadi. Ushbu tartib 2026 yil 1-yanvarga qadar amal qiladi, spot shartnomalari bo‘yicha esa muddat 2026 yil 1-aprelgacha uzaytirilgan.

Paxta yetishtiruvchilar subsidiya olish uchun bir marta murojaat qilish huquqiga ega. Bu ular mahsulotni bir marotaba yoki bir necha bosqichda sotganiga bog‘liq emas. Arizalar «Raqamli qishloq xo‘jaligi» yagona integratsiyalashgan platformasida yaratilgan shaxsiy kabinet orqali taqdim etiladi.

Subsidiya ajratilishi uchun Agroportal har oyning 10-sanasida muvofiq keluvchi yetishtiruvchilar ro‘yxatini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yuborib boradi. Qarorga muvofiq, tijorat banklari ajratilgan mablag‘ni 3 bank kuni ichida yetishtiruvchining 23410-hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart.

Teglar

Mavzuga oid