
Paynet, Payme va Click: 2025 yilda kim ko‘proq «kassa qildi»?
01.08.2025 | 20:2021893
O‘zbekistondagi onlayn to‘lovlar bozorida yetakchilik qiluvchi uch kompaniya — Paynet, Payme va Click 2025 yilning birinchi yarmidagi moliyaviy natijalarini e’lon qildi. Ularning har biri sof foyda va tushumda jiddiy o‘sish qayd etgan.

O‘zbekistonda onlayn to‘lovlar soni va qamrovi kengayib borayotgani sabab, mazkur bozordagi raqobat ham ortib bormoqda. Ayniqsa, Paynet, Payme va Click kabi yetakchi xizmat ko‘rsatuvchilar foydalanuvchilar soni va tranzaksiya hajmini sezilarli darajada oshirgan.
2025 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, ushbu kompaniyalar o‘zlarining moliyaviy hisobotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, har uchala kompaniya ham o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sof foyda va tushumda sezilarli o‘sishga erishgan.
1-o‘rin: Paynet — 201,7 milliard so‘m sof foyda
Paynet 2025 yilning yanvar–iyun oylarida 201,7 milliard so‘m sof foyda qayd etdi. Bu 2024 yilning shu davridagi 137,3 milliard so‘m bilan solishtirilganda 46,9% o‘sish demakdir.
Umumiy tushum: 756,5 milliard so‘m (2024 yilga nisbatan 50,04% ko‘proq)
2-o‘rin: Payme — 166,3 milliard so‘m sof foyda
Payme 2025 yilning birinchi yarmida 166,3 milliard so‘m sof foyda oldi. Bu ham o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47,4% o‘sishni tashkil qiladi.
Sof tushum: 327,1 milliard so‘m (52,7% o‘sish)
3-o‘rin: Click — 154,7 milliard so‘m sof foyda
Click ushbu davrda 154,7 milliard so‘m sof foyda qayd etdi, bu 2024 yilning mos davridagi 117 milliard so‘mga nisbatan 32,2% ko‘proq.
Sof tushum: 353,4 milliard so‘m (80,8 milliard so‘mga o‘sgan)





