add

Pekinda ilk gumanoid robotlar futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

01.07.2025 | 16:306063

Poytaxtda bo‘lib o‘tgan uchrashuv texnologiya yutuqlarini namoyish qilish maqsadida tashkil etildi.

Pekinda ilk gumanoid robotlar futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Pekinda tarixda ilk bor gumanoid robotlar ishtirokida futbol o‘yini o‘tkazildi. Bloomberg xabariga ko‘ra, uchrashuv Pekin sanoat zonasida o‘tdi va unda robotlar uchga qarshi uch formatda bellashdi. Garchi o‘yin ancha sekin va qo‘pol tarzda kechgan bo‘lsa-da, asosiy maqsad shou emas, sun’iy intellekt va robototexnikadagi ilg‘or texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish bo‘ldi. Robotlar odamlar aralashuvisiz harakat qildilar. Ular sun’iy intellekt algoritmlari orqali maydondagi vaziyatni baholab, o‘z qarorlarini mustaqil qabul qildi. To‘pni 18 metrgacha bo‘lgan masofada 90 foiz aniqlik bilan tanib olish, darvoza, chiziqlar va raqiblarni aniqlash kabi vazifalarni kameralar, sensorlar va simulyatsiyaga asoslangan chuqur o‘rganish texnologiyasi orqali amalga oshirishdi. Musobaqada Sinxua universiteti va Pekin axborot texnologiyalari universiteti jamoalari qatnashdi. 5:3 hisobida Sinxua jamoasi g‘alaba qozondi. Mazkur o‘yin joriy yil 15–17 avgust kunlari Pekinda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Butunjahon gumanoid robotlar o‘yinlarining sinov tadbiri hisoblanadi. Unda sportning 11 turi, jumladan futbol, gimnastika va yengil atletika ham o‘rin oladi.

Teglar

Mavzuga oid