add

Pensiya ofisi tugadi — faqat raqamli xizmat qoladi

16.07.2025 | 20:4943212

Prezidentning yangi farmoniga asosan, 2027 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda tuman va shahar darajasidagi Pensiya jamg‘armasi hamda G‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi. Ular o‘rniga raqamlashtirishga asoslangan ixcham servis ofislari tashkil etiladi.

Pensiya ofisi tugadi — faqat raqamli xizmat qoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–105-son farmoni e’lon qilindi. Hujjatda mamlakatda pensiya va moliya xizmatlarini tubdan raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish ko‘zda tutilgan. Farmonga muvofiq, 2027 yil 1 yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tugatiladi. Ularning o‘rnida har bir tuman va shaharda 1–3 nafar xodimdan iborat ixcham servis ofislari tashkil etiladi. Bu o‘zgarishlar faoliyatni raqamlashtirish hisobidan amalga oshiriladi. Shuningdek, 2026 yil 1 dekabrdan boshlab pensiya tizimida yangi elektron xizmatlar joriy etiladi. Jumladan, «Mening pensiyam» onlayn xizmati orqali fuqarolar o‘z ish staji va ish haqi ma’lumotlariga asosan pensiya miqdorini oldindan hisoblab ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Boshqa barcha pensiya xizmatlari ham elektron shaklga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, 2025 yil 1 oktyabrgacha Majburiy ijro byurosi tomonidan pensiyadan qarz undirishda fuqaroni oldindan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz