add

Pokiston tez orada o‘zining ilk suv osti kemasiga ega bo‘ladi

Bugun 22:561471

Pokiston harbiy-dengiz kuchlari 2026 yilda Xitoyda loyihalashtirilgan ilk suv osti kemasini qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Pokiston tez orada o‘zining ilk suv osti kemasiga ega bo‘ladi

Pokiston harbiy-dengiz kuchlari Xitoyda loyihalashtirilgan birinchi suv osti kemasini 2026 yilda qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Pokiston harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i admiral Navid Ashraf yakshanba kuni e’lon qilingan Global Times gazetasiga bergan intervyusida, Islomobodning 2028 yilgacha «Hangor» sinfidagi sakkizta suv osti kemasini olish bo‘yicha kelishuvi «silliq davom etayotgani»ni ma’lum qildi.

«U bu suv osti kemalar Pokistonning Shimoliy Arabiston dengizi va Hind okeanini nazorat qilish imkoniyatlarini oshirishini ta’kidladi», - deya xabar bermoqda Reuters.

Xitoy suv osti kemalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv haqidagi yangi ma’lumotlar may oyida Pokiston harbiy-havo kuchlari Xitoyda ishlab chiqarilgan J-10 qiruvchi samolyotlari yordamida Hindistonning Fransiyada ishlab chiqarilgan Rafale samolyotini urib tushirganidan so‘ng e’lon qilindi.

Qiymati taxminan 5 milliard dollar bo‘lgan suv osti kemalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv shartlariga ko‘ra, dastlabki to‘rtta dizel-elektr hujumkor suv osti kemasi Xitoyda quriladi, qolgan kemalar esa ushbu Janubiy Osiyo davlatining texnik imkoniyatlarini oshirish maqsadida Pokistonda yig‘iladi.

Teglar

Mavzuga oid