add

Pokistonda harbiy kolonnaga hujum: 13 askar halok bo‘ldi

28.06.2025 | 20:0122772

Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Haybar-Paxtunxva provinsiyasida harbiy kolonna yo‘lida portlovchi qurilma ishga tushirildi. Portlovchi qurilma harbiylarning yo‘nalishi bo‘ylab o‘rnatilgan va masofadan turib portlatilgan.

Pokistonda harbiy kolonnaga hujum: 13 askar halok bo‘ldi

Khyber Chronicles ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 13 nafar harbiy halok bo‘ldi, 24 kishi yaralandi. Jabrlanganlar orasida 14 nafar tinch aholi vakillari ham bor. Voqea Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan notinch vaziyat saqlanib turgan mintaqada ro‘y berdi.

Haybar-Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida xavfsizlik kuchlari va mahalliy aholiga qarshi qurolli guruhlar muntazam hujumlar uyushtirib turadi. Ular o‘z harakatlarini pushtun va baluj xalqlari huquqlarini himoya qilish shiorlari bilan asoslashadi.

Pokiston hukumati Afg‘oniston hududida joylashgan «Tahriki-Tolibon Pokiston» guruhini shunday hujumlarda ayblab keladi. Afg‘oniston hokimiyati esa bu ayblovlarni rad etadi. Balujistonda esa viloyat mustaqilligi uchun kurashayotgan «Balujiston ozodlik armiyasi» faoliyat yuritadi.

Teglar

Mavzuga oid

Pokistonda harbiy kolonnaga hujum: 13 askar halok bo‘ldi | Vaqt.uz