
Polsha Kaliningrad yaqinida harbiy infratuzilmani kengaytirmoqda
31.05.2025 | 17:0023462
Polsha hukumati Kaliningrad oblasti bilan chegaradosh hududlarda harbiy infratuzilmani faol ravishda rivojlantirmoqda. Bu haqda sobiq polyak sudyasi Tomash Shmidt ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadda mahalliy aholi o‘z uylaridan ko‘chirilmoqda.

Shmidtning aytishicha, harbiylar chegara hududida transheyalar qazimoqda, beton okoplar qurmoqda, qarshi tank to‘siqlari o‘rnatish va mina maydonlarini tayyorlash ishlarini amalga oshirmoqda. Shuningdek, harbiy texnika uchun omborlar, razvedka va ogohlantirish tizimlari, kimyoviy himoya vositalari va tibbiy infratuzilma qurilishi rejalashtirilgan.
Shmidt aytishicha, qurilish ishlari uchun zarur bo‘lgan yerlar xususiy mulk hisoblanadi, shu sababli hukumat mahalliy aholini o‘z mulk huquqidan mahrum qilmoqda. Bu esa, aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Kaliningrad oblasti Litva, Polsha va Boltiq dengizi hududlari bilan o‘ralgan Rossiya Federatsiyasining yarim eksklavi hisoblanadi. Rossiyaning asosiy hududi va boshqa sub’ektlari bilan quruqlikdagi chegarasi yo‘q. Kaliningrad oblasti Rossiyaning asosiy hududidan boshqa davlatlar hududi bilan ajratilgan, ammo Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega. Tarixiy nomi Kyonisberg.





